Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston TIV Tayvandagi vaziyatga munosabat bildirdi

O‘zbekiston TIV Tayvandagi vaziyatga munosabat bildirdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 13 yanvar kuni Tayvanda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari yuzasidan bayonot berdi.

Vazirlik O‘zbekiston tomoni Tayvanda bo‘lib o‘tgan saylovlar bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini ma’lum qilgan.

«Yagona Xitoy» tamoyilini qat’iy qo‘llab-quvvatlashimiz va Xitoy Xalq Respublikasi hukumati Xitoyning yagona qonuniy hukumati, Tayvan esa Xitoy hududining ajralmas qismi ekanligini yana bir bor ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi ikki sohil o‘rtasidagi munosabatlarning tinch yo‘l bilan rivojlanishining qat’iy tarafdori hamda XXR hukumatining Xitoyni birlashtirish yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi», — deyiladi TIV munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tayvandagi prezidentlik saylovlarida hukmron partiya nomzodi Lay Sinde g‘alaba qozongani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring