Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya O‘zbekiston 2023-yildagi kabi meva-sabzavotlar yetkazib berishini kutmoqda — Putin

Rossiya O‘zbekiston 2023-yildagi kabi meva-sabzavotlar yetkazib berishini kutmoqda — Putin

Foto: Reuters

8-may kuni Moskva shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shu jumladan, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgani aytilgandi.

Kp.ru yozishicha, uchrashuvda Vladimir Putin xuddi o‘tgan yildagi kabi bu yil ham Rossiya O‘zbekiston meva va sabzavotlar yetkazib berishini kutayotganini ta’kidlagan.

«O‘tgan yilda bo‘lgani kabi bu yil ham O‘zbekistondan meva va sabzavotlar kelishini kutyapmiz. Sizga ham yaxshi — mahsulotingizni o‘tkazasiz, bizga ham foydali — qimmatchilik bo‘lmaydi, narx-navoni ushlab qolamiz», — dedi Putin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring