Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston AQSh va Eron ziddiyatiga munosabat bildirdi

O‘zbekiston AQSh va Eron ziddiyatiga munosabat bildirdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda bo‘lib o‘tayotgan voqealar, bu orqali AQSh va Eron o‘rtasida kelib chiqayotgan ziddiyatlarga munosabatini bildirdi.

«O‘zbekistonda Markaziy Osiyoga bevosita tutash Yaqin Sharqda yuz berayotgan voqealar alohida tashvish bilan qarshi olinmoqda.

Harbiy-siyosiy holatning yanada keskinlashishi ko‘plab insonlar qurbon bo‘lishiga va keng ko‘lamli gumanitar falokatga olib kelishi mumkin, hayotiy muhim iqtisodiy aloqalar va kommunikatsiya yo‘llarini vayron qiladi, mintaqaviy va global xavfsizlikka tuzatib bo‘lmas zarar yetkazadi.

O‘zbekiston tomoni o‘ta bosiqlik tarafdori bo‘lib, taranglikni kamaytirish va mintaqadagi vaziyatni mo‘’tadillashtirish uchun qarama qarshi tomonlarni siyosiy-diplomatik choralar ko‘rishga chaqiradi», deyiladi bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring