Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» o‘rtasidagi muzokaralarni olqishladi

O‘zbekiston Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» o‘rtasidagi muzokaralarni olqishladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» o‘rtasidagi muzokaralar boshlanishiga munosabat bildirdi.

«O‘zbekiston Qatar poytaxti Doha shahrida Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishlaydi.

Umid qilamizki, afg‘onlararo muloqot o‘t ochishni barqaror to‘xtatishga olib keladi va natijada mamlakatda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikni o‘rnatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

O‘zbekiston «siyosiy jarayonlar faqat afg‘onlar tomonidan va Afg‘oniston xalqi rahbarligida olib borilishi lozim», degan asosiy tamoyilga sodiq qoladi.

O‘zbekiston Respublikasi tomonlarning milliy yarashuvga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlari va intilishlarini bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlaydi hamda do‘st Afg‘oniston xalqiga barqaror va farovon davlat barpo etishda har tomonlama yordam ko‘rsatishda davom etadi» deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil fevralda AQSh va «Tolibon» ham Doxada o‘zaro kelishuvga erishgan, Qo‘shma Shtatlar hukumat va harakat o‘rtasida vositachi bo‘lish majburiyatini olgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring