Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Foto: «Oxu.az»

Rasmiy Vashington Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana kengaytirdi. Bu haqida AQSh moliya vazirligi rasmiy saytida e’lon qilingan ro‘yxatga  asoslanib «RIA Novosti» xabar berdi.

Sanksiya ro‘yxatidan AQShdagi 2016-yilgi prezident sayloviga aralashishda ayblanayotgan 13 kishi va uchta kompaniya joy olgan. Ularning AQShdagi aktivlari muzlatiladi, fuqarolarga esa ular bilan har qanday shaklda hamkorlik qilish taqiqlanadi.

Ta’kidlash joizki, rasmiy Kreml o‘ziga qo‘yilayotgan ayblarni bir necha marta rad etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring