Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulla Aripov Tojikiston bosh vaziri bilan uchrashadi

Abdulla Aripov Tojikiston bosh vaziri bilan uchrashadi

Foto: «Kun.uz»

2019-yilning 3-aprel kuni Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi bosh vaziri Qohir Rasulzoda rahbarligida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda ikki mamlakat Hukumati delegatsiyalari tomonidan Hukumatlararo komissiyaning 5-yig‘ilishi davomida erishilgan kelishuvlarning amaliy natijalari sarhisob qilinadi. 

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, madaniy-gumanitar hamda qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring