Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiyning jamoasi Latviyani Litva bilan adashtirib qo‘ydi

Zelenskiyning jamoasi Latviyani Litva bilan adashtirib qo‘ydi

Foto: «Korrespondent.net»

Ukraina prezidenti Latviyada bo‘lgan vaqtda uning idorasidagi xodimlar ijtimoiy tarmoqlarda Zelenskiy «Litva respublikasi»ga safar qilganini ma’lum qildi, deb yozadi «Rambler».

Ukraina prezidentining «Facebook»dagi rasmiy sahifasi obunachilari kutilmaganda Vladimir Zelenskiy haqida ko‘pgina yangiliklardan xabardor bo‘lishdi. Buni qarangki, u bir paytning o‘zida ikkita mamlakatda bo‘la olar ekan.

Ukraina prezidenti 16-oktyabr kuni Latviyaga rasmiy tashrif buyurdi. Biroq idorasidagi vakillar ijtimoiy tarmoqlarga o‘tkazilgan tadbir suratlarini joylab, tagiga Zelenskiy «Litva respublikasi»da ekanini yozib qo‘yishdi.

Xatoni «Facebook» foydalanuvchilari payqab qolishgan. Izohlarda faol muhokama boshlangach, matn to‘g‘rilangan. Yanglish post Ukraina prezidenti sahifasida qariyb yarim soat saqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring