Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zarar qoplangan, jabrlanuvchining da’vosi yo‘q... Jazo shartmi?

Zarar qoplangan, jabrlanuvchining da’vosi yo‘q... Jazo shartmi?

Foto: «dw.com»

2019-yil iyun oyining 27 kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudi «Yangi Zarafshon» MFY binosida sayyor sud majlisi o‘tkazdi.

Sudlanuvchi — Ra’no Shermatova (ism-familiya o‘zgartirilgan), ellik bir yoshda, to‘rt farzandning onasi. Oq-qorani ajratib, hayotning achchiq-chuchugini keragicha tatib ko‘rgan ayol o‘g‘rilikda ayblanayotir...

Ayolni tushunish mumkin: o‘g‘rilik kimga havas? Muhtojligi bordirki, birovning moliga ko‘z olaytiribdi. Biroq qonunning talabi qattiq: u oh-dodlarni ko‘pam ko‘taravermaydi. Shu barobarida pushaymonlikdan qovrilayotganning holini battar tang qilmaydi ham.

Ra’nov Shermatova qo‘shnisining yo‘lakda qarovsiz qoldirilgan yuvinish vannasini o‘g‘rilangan edi. Matohning bozor narxi 2.250.000 (ikki million ikki yuz ellik ming) so‘m! Ko‘p o‘tmay uning egasi chiqdi, tegishli organga murojaat qilgandiki, hammasi aniqlandi. Ayol yuvinish vannasini tanishiga pulini keyin berish sharti bilan sotib yuborgan ekan.

Ayolning baxtiga jabrlanuvchi insof qildi. Buyumi qaytarilgach, da’vosi yo‘qligini bildirib, ayol bilan yarashib olibdi hatto. Biroq dastlabki tergov organi taraflarning yarashuvi bilan kelisholmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (JK) 661-moddasiga muvofiq, 169-moddasi 1-qismida (o‘g‘rilik) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Sud Ra’no Shermatovaga nisbatan jinoyat ishini O‘zbekiston Respublikasi JKning 661-moddasiga muvofiq yarashganligi munosabati bilan tugatish to‘g‘risida ajrim qildi.

Ushbu ajrim tufayli 25 yillik qo‘shnilarning munosabati saqlanib qolindi. Shuningdek, «sudlangan» tamg‘asi yopishtirilmaganlar soni ham bittaga kamaydi.

    Dilnoza Xonbo‘tayeva,
jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudining raisi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring