Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotada uch yigitcha bir qizni pichoqlab, kanalga tashlab yubordi

Zangiotada uch yigitcha bir qizni pichoqlab, kanalga tashlab yubordi

Zangiota tumanida o‘ta og‘ir jinoyat sodir etildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, shu yilning 20-aprel kuni soat 03:00 lar chamasida Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi uch yigit (ikkitasi 17 yoshga to‘lmagan, bittasi 19 yoshda) o‘zlariga avvaldan tanish bo‘lgan o‘n sakkiz yashar K.R. (ayol) bilan janjallashib ketadi. Buning oqibatida yigitchalar oshxona pichog‘i bilan qizning bo‘yin, qorin hamda tanasining turli qismlariga urib, shu yerdan oqib o‘tuvchi «Tuyabo‘g‘iz» kanaliga tashlab yuborishadi va hodisa joyidan yashirinishadi.

K.R. olgan tan jarohatlariga qaramasdan kanaldan chiqib, o‘z uyiga yetib borgan va yaqinlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlarning sa’y-harakati bilan hayoti saqlab qolingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib (JK, 25,97-modda – «Odam o‘ldirishga sui’qasd qilish»), shu kunning o‘zida uchovlon qo‘lga olingan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring