Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuqori sinf qizlari ommaviy mushtlashishdi

Yuqori sinf qizlari ommaviy mushtlashishdi

Foto: «Oren.mk.ru»

Ijtimoiy tarmoqlarda maktabda yuqori sinf qizlarining janjali aks etgan videolavha tarqalgan. Bu voqea joriy yilning 20-sentyabr kuni Chiroqchi tumanida sodir bo‘lgan, deya Qashqadaryo viloyati IIB ma’lumotlariga tayanib «Nasafnews» xabar berdi.

Aniqlanishicha, Chiroqchi tumani 2, 4 va 5-umumiy o‘rta ta’lim maktablari 9, 10, 11-sinfining 3 nafar o‘quvchilari 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriy binosiga borgan. Shu orada o‘zaro gaplashish vaqtida janjallashib qolishgan. Ularning oldindan kelishmovchiligi bo‘lganligini aytilmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ichki ishlar organlari, xalq ta’lim bo‘limi va mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamda ota-onalar ishtirokida janjalni kelib chiqish sabablari o‘rganilib, muhokama qilinmoqda.

Hozirda barcha o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring