Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yosh bola 300 yillik tarixga ega qilichni topib oldi

Yosh bola 300 yillik tarixga ega qilichni topib oldi

Foto: «VVS»

Shimoliy Irlandiya Olster provinsiyasida yosh bola metall izlovchi asbobdan ilk bor foydalanishning o‘zida 300 yillik tarixga ega qilichni topib oldi, deb yozadi «BBC».

O‘n yoshli Fayonntenga tug‘ilgan kuniga metall izlovchi asbobni sovg‘a qilishdi. Birinchi safari chog‘ida u sovg‘asini sinab ko‘rdi va shu zahoti qadimiy qilichni topib oldi. Otasi o‘g‘lining omadi chopganidan xursand.

30 yildan beri antikvariat buyumlar bilan savdo qiluvchi Filip Spunerning aytishicha, bunday qilichlardan yo 1720 — 1780-yillarda angliyalik zobitlar va dragunlar, yo 1700 — 1850-yillarda shotlandlar foydalanishgan.

Antikvariat bo‘yicha ekspertlar aka-uka Mark Devid Xokinslarning so‘zlariga ko‘ra, qilichni rasmiga qarab baholash qiyin, chunki juda zanglab ketgan.

Fayonntenning otasi Shimoliy Irlandiya Milliy muzeyida arxeologiya bo‘yicha mutaxassis doktor Grir Remsi bilan bog‘landi. Remsi bu qanday qilich ekanligi, nechanchi yillarda ishlab chiqarilganini aniqlab beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring