Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangihayotda yetti kishi yong‘in ichida qolib ketdi, ulardan biri vafot etgan

Yangihayotda yetti kishi yong‘in ichida qolib ketdi, ulardan biri vafot etgan

11oktyabr kuni Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushdi.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib yong‘inni bartaraf etgan. 

Yong‘in oqibatida uyning taxminan 20-25 kv.m. maydonda shift va ichki qismi yonib zararlangan.

Tezkor harakatlar natijasida 6 nafar fuqaro qutqarilib, hayoti saqlab qolingan, 1 nafar fuqaro ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan xalok bo‘lgan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring