Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir viloyat koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga juda yaqin keldi

Yana bir viloyat koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga juda yaqin keldi

Foto: Xabar.uz

Ayni soatlarda Surxondaryo viloyatida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Shifo topganlarning ikkalasi ham Surxondaryo viloyatidan (1 nafari 60 yoshli erkak, yana 1 nafari 45 yoshli ayol) bo‘lib, karantin muassasasida bo‘lishgan, koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.

Viloyatda shu paytga qadar sog‘ayganlar 40 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 42 nafarga yetib, ushbu hududda 1 nafar bemor davolanmoqda.

Shunday qilib, bugun 34 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2247 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2746 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 487 nafar bemor davolanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring