Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir o‘lkada koronavirusga chalinganlar soni bir milliondan oshdi

Yana bir o‘lkada koronavirusga chalinganlar soni bir milliondan oshdi

Foto: «Ftimes.ru»

Yana bir mamlakat — Meksikada koronavirusni yuqtirib olgan fuqarolar soni bir million kishidan oshdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ugo Lopes-Gatel «Twitter»da ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya boshlangandan beri umumiy zararlangan fuqarolar soni 1 003 253 kishini tashkil etmoqda. 98 259 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 745 361 nafar bemor tuzaldi. Mamlakat bo‘ylab umumiy koykalarning o‘rtacha 35 foizi, o‘pkani sun’iy ventilyasiya qilish apparatlari bilan jihozlangan koykalarning 27 foizi band qilingan. Bir kecha-kunduzda 5860 ta yangi holat qayd etilgan, yana 77 183 tasi gumon qilinib, tahlil natijalarini kutishmoqda.

Ayni vaqtda bir milliondan ortiq kasallanganlar soni AQSh (11,2 million), Hindiston (8,8 million), Braziliya (5,8 million), Fransiya (1,9 million), Rossiya (1,9 million), Ispaniya (1,4 million), Buyuk Britaniya (1,3 million), Argentina (1,3 million), Kolumbiya (1,1 million) va Italiya (1,1 million)da qayd etilgan. Shu tariqa Meksika COVID-19 kasalligi aniqlanganlar soni bo‘yicha dunyoda 11-o‘rindan joy oldi.

14-noyabrda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bir kecha-kunduzda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha yangi rekordni qayd etdi. COVID-19 bilan zararlanganlar soni jami 657 312 kishiga yetdi. Mutaxassislar eng ko‘p kasallanishlar holatini Yevropa (285 mingdan ziyod), Shimoliy va Janubiy Amerika (269 mingdan ziyod) va Janubi-Sharqiy Osiyo (55 mingdan ziyod)da kuzatishdi.

«Worldometers»ning ma’lum qilishicha, 2020-yil 15-noyabr soat 16:30 holatiga ko‘ra, dunyoda jami 54 425 646 kishi koronavirusni yuqtirib olgan, ulardan 37 947 979 nafari tuzaldi, 1 319 930 bemor vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring