Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorvatiya: hammadan ko‘p ovoz to‘plagan Milanovich prezident bo‘la olmadi

Xorvatiya: hammadan ko‘p ovoz to‘plagan Milanovich prezident bo‘la olmadi

Foto: «European Council»

Kecha, 22-dekabr kuni Xorvatiyada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tgani xabarini bergandik.

Ovozlarning 99 foizi sanalganidan keyin, sobiq bosh vazir Zoran Milanovich hammadan ko‘p ovoz to‘plagani ma’lum bo‘ldi. Ammo nomzodlarning hech biri g‘oliblik uchun yetarlicha ovoz to‘play olmadi.

Birinchi bosqich natijalari:

  1. Zoran Milanovich — 29,5 foiz
  2. Grabar-Kitarovich — 26,7 foiz
  3. Miroslav Skoro — 24,4 foiz.

Endi 5-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan ikkinchi bosqich saylovlarida amaldagi prezident Kolinda Grabar-Kitarovich va Zoran Milanovich o‘rtasida kurash kechadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring