Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazm hokimi norozi aholi qarshisiga chiqdi

Xorazm hokimi norozi aholi qarshisiga chiqdi

Xorazm viloyati Urganch shahrida kompensatsiya berilmasdan uyi buzilgan aholi o‘z huquqini talab qilib, norozilik namoyish qilishgani haqida xabar berilgandi.

Ushbu hodisa yuzasidan Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Urganch shahridagi «Ashxobod» mahallasida yashovchi aholiga Urganch tumani Chondirqiyot qishlog‘idan yer o‘rni ajratib berilgan, ammo xonadon egalarining ba’zilariga kompensatsiya puli to‘lanmagan bo‘lgan.

Kecha Urganch tumani Chondirqiyot qishlog‘ida odamlar noroziligi sabab soat taxminan 21:00da Urganch – Xonqa yo‘lining qatnov qismini to‘sishgani va shu sabab bir necha soat davomida katta qatnov yo‘lidan avtomobillar harakati to‘xtab qolgani to‘g‘risida xabar tarqaldi.

Bundan xabar topgan viloyat hokimi Farhod Ermanov voqea joyiga yetib borib norozi aholi bilan muloqotga kirishgan. Aholini tinchlantirib, 27-iyul kuni ertalab soat 8-00da shu joyning o‘zida ishchi guruhini tuzib, aholi vakillari bilan muzokara o‘tkazgan. Shuningdek, muammolarning yechimini topishga va’da berganidan so‘ng odamlar tinchlanib, tarqala boshlashgan.

«Bugun ertalabdan viloyat hokimi boshchiligidagi ishchi guruh aholi bilan uchrashish maqsadida hodisa joyiga tashrif buyurishdi. Hozirda viloyat hokimi har bir xonadon egasi bilan shaxsan o‘zi uchrashib, ularning talab va istaklarini eshitib shu yuzadan amaliy chora ko‘rmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslar va homilador ayollarga qo‘shimcha sharoit hamda yer ajratib bermoqda. Bundan tashqari aholiga tekinga qum yetkazib berilmoqda va qurilish mollarini bozor narxidan xam 10 foiz chegirma bilan yetkazib berishni shaxsan o‘z nazoratiga oldi», deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring