Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xonqa va Shovot namuna sifatida tanlandi

Xonqa va Shovot namuna sifatida tanlandi

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha Xonqa va Shovot tumanlari namuna sifatida tanlab olindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev topshirig‘i asosida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati Xorazm viloyatiga tashrif buyurgan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov hamda viloyat hokimi F.Ermanov Xorazm viloyati hududida raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Muhokamalar natijasida Xorazm viloyatining Xonqa va Shovot tumanlari raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha namuna sifatida tanlab olindi.

Tanlab olingan Xonqa va Shovot tumanlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, viloyatdagi tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda Yo‘l xaritasi ishlab chiqilmoqda.

Yo‘l xaritada 2020 yilda hamda 2021 yil 1-chorak davomida Xonqa va Shovot tumanlarida qishloq va suv xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kommunal va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish masalalari ko‘zda tutilgan.

Kelgusida viloyatda tegishli sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali iqtisodiyotni yanada rivojlantirish hamda aholiga qulay shart-sharoitlarni yaratilishini ta’minlashga erishiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring