Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xivada birinchi xalqaro bahodirlar o‘yini boshlandi

Xivada birinchi xalqaro bahodirlar o‘yini boshlandi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

8-iyun kuni Ichan-qal’ada Pahlavon Mahmud nomidagi Birinchi xalqaro bahodirlar o‘yinining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Turnir O‘zbekiston, Eron, AQSh, XXR, Braziliya, Hindiston, Yaponiya, Rossiya, Ukraina, Latviya, Avstraliya, Gretsiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari sportchilarini to‘pladi. Shuningdek ochilish marosimida xorijiy kuzatuvchilar va turnir sudyalari, mahalliy va chet el OAV vakillari ishtirok etishmoqda.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Bahodirlar o‘yini ochilishida Xiva tumani hokimi Sobir Jumaniyazov, World Strongmen Federation (VSF) boshqarmasi raisi Vladislav Redkin, Malayziyadagi Chellenj-2018 etnosporti g‘olibi Xogg Jeremi qatnashmoqda.

Ikki kun davomida sportchilar milliy naqshli ustunlarni ko‘tarish va ushlab turish, og‘ir toshlarni ustunlarga o‘rnatish, mevalar bilan to‘ldirilgan aravani ko‘tarish, poyezd lokomotivini 20 metrga tortish va boshqa musobaqalarda asosiy sovrin uchun kuch sinashadi.

Bundan tashqari turnir doirasida sport ta’lim muasassalari o‘quvchilari bilan uchrashuvlar, mahorat darslari, sahnalashtirilgan chiqishlar va ko‘ngilochar sport tadbirlari o‘tkaziladi.

Ushbu tadbir, yengilmas bahodir va ma’rifatparvar xorazmlik shoir, faylasuf va so‘fiy Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring