Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda 2020 yilda tug‘ilish 30 foizga kamaydi

Xitoyda 2020 yilda tug‘ilish 30 foizga kamaydi

Foto: «Getty Images»

Xitoyda tug‘ilish ko‘rsatkichi 2020-yilda 2019-yilga nisbatan 30 foizga kamaydi. Bu haqda XXR jamoat xavfsizligi vazirligi ma’lum qildi.

2020-yili Xitoyda 5,29 million qiz bola, 4,74 million o‘g‘il bola dunyoga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy 1979-yildan 2016-yilga qadar «Bir oila — bir bola» siyosatini yurgizgan. Buning oqibatida mamlakatda mehnatga qobiliyatli aholi soni keskin kamayib ketdi.

Xitoyga yondosh Janubiy Koreyada ham demografik inqiroz kuzatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring