Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Xiaomi»da eng yaxshi surat olishni bilasizmi?

«Xiaomi»da eng yaxshi surat olishni bilasizmi?

Foto: «Akket.com»

«Akket.com» yozishicha, deyarli barcha android-smartfonlarda bir xil moduldagi fotokameralar ishlatilsa-da, suratlarni ishlashda qo‘llaniladigan dasturiy ta’minotni har bir ishlab chiqaruvchining o‘zi chiqaradi. Shuning uchun ham yuqori sifatli fotosuratlar va ishonchli dasturiy ta’minot   ishlab chiqishni tajribali va yirik kompaniyalargina eplay olmoqda.

«Xiaomi» smartfonlari yomon surat oladi deyish noto‘g‘ri, ammo ular «Apple», «Samsung» yoki «Huawei»dan ustun ham deyolmaymiz.

Demak, surat sifatli chiqishi nafaqat kameraga, shuningdek, tegishli dasturiy ta’minotga ham bevosita bog‘liq. Mutaxassislar «Xiaomi» fotosuratlarini yaxshilash uchun moslashtirilgan «Google Camera»dan foydalanishni tavsiya qilishmoqda.

«Google Camera» dastavval «Pixel» va «Nexus» smartfonlariga mo‘ljallangan edi. Keyin u boshqa mobil qurilmalarga ham moslashtirila boshlandi, shundayam  «Snapdragon» 820, 821 va 835 protsessoriga ega flagmanlarga. Endi u «Xiaomi»ga ham tushadi, hatto o‘rta toifali smartfon bo‘lsa ham.

«Google Camera»ni o‘rnatish uchun «Xiaomi» smartfonlarida «Qualcomm Snapdragon»ning 400, 600 va 800-protsessorlari bo‘lishi talab etiladi. Yangi imkoniyatlar bularning barchasiga tatbiq etiladi, faqat davomli suratlar olishdan tashqari.

Juda yuqori sifatli surat oluvchi bu ilova «Xiaomi»da ishlashi uchun yuklagichni bloklash va superfoydalanuvchi root-huquqlarini qo‘lga kiritish kerak. Shundan so‘ng istalgan fayl menejeri o‘rnatiladi (masalan, «Root Explorer»). Keyin shu ilova yordamida tizim papkasi (system) ochilib, build.prop faylini topish kerak va unga persist.camera.HAL3.enabled=1 ni qo‘shib, o‘zgartirishlarni saqlab olish lozim bo‘ladi.

Bu o‘zgarishlardan keyin smartfon o‘chirib-yoqiladi («перезагрузка»). Smartfon yonishi bilan yangi «Google Camera» ilovasi HDR+ni to‘laqonli qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi. U yorug‘lik kam joylarda ham yanada detallashgan suratlar olish, tasvirlarning tabiiy va ko‘rkam chiqishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, harakatlanayotgan ob’yektlarni o‘ta aniqlikda tasvirga olish imkoniyatini beradi.

«Xiaomi» uchun «Google Camera»ni bu yerdan ko‘chirib olish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring