Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Xalq banki» filiali boshqaruvchisi o‘z xodimini otib qo‘ydi

«Xalq banki» filiali boshqaruvchisi o‘z xodimini otib qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoqlarida Jizzax viloyati Zomin tumanidagi banklardan birining boshqaruvchisi o‘z xodimini otganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 16 sentyabr kuni soat 22:30 larda Zomin tumani «Taraqqiyot» MFYda yashovchi AT «Xalq banki» Zomin filiali boshqaruvchisi N.M. yashash xonadoni oldida ushbu filialda bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlovchi, spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan N.J. bilan o‘zaro tortishib janjallashgan.

Oqibatda bank boshqaruvchisi N.M. tan jarohati yetkazish maqsadida sport (tir) qurolidan bir marotaba otib N.Jga tan jarohati yetkazgan.

N.J. ko‘krak qafasining chap yon qismi yuza jarohati tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari Zomin tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring