Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xakerlar «iPhone»da o‘chirib yuborilgan fotolarni tiklashni o‘rganishdi

Xakerlar «iPhone»da o‘chirib yuborilgan fotolarni tiklashni o‘rganishdi

Foto: NEWS.ru

«Apple» kompaniyasi xitoylik xakerlar Richard Chju va Amat Kamni «iPhone X»dagi jiddiy darzni topishgani uchun 50 ming dollar bilan mukofotladi.

«Ayfon»ni buzish uchun ikkovlon «iPhone X» va «iOS 12.1» amaliy tizimidan foydalanishdi. Tizimga kirish uchun «Safari» brauzeri va maxsus sozlangan Wi-Fi ulanish nuqtasini ishga solishdi. Tizimni buzib kirgan xakerlar tiklanmas qilib o‘chirib yuborilgan fotosuratlarga duch kelishdi.

Albatta, xakerning xakerdan farqi bor. Osiyolik mutaxassislar muammodan mo‘may daromad qilishsa ham bo‘lardi, biroq ular to‘ppa-to‘g‘ri kompaniyaga chiqishdi. «Apple» fursatni boy bermay nuqsonni to‘g‘rilab qo‘ydi, «xaloskorlar»ni ham taqdirlashni unutmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring