Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vetnamda avtobus halokati natijasida 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi (video)

Vetnamda avtobus halokati natijasida 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi (video)

Foto: «2sao.vn»

Bugun, 26-iyul kuni Vetnamning markaziy hududlarida joylashgan Kuangbin provinsiyasida avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi natijasida kamida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Tuoy che» gazetasi xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, avtohalokat tongda Bo-Trach hududida mahalliy vaqt bilan soat 09:53 da (07:53) sodir bo‘lgan. Avtomobil sayyohlik maskani tomon ketayotgan bo‘lgan. Avtobus haydovchisi burilishda nazoratni yo‘qotib qo‘ygan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. YTH oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan va shifoxonaga yotqizilgan.

Nashrning ma’lum qilishicha, transport vositasida kamida 39 kishi bo‘lgan, ular bitiruvchilarning uchrashuvga ketayotgan bo‘lishgan.

Hodisa joyida yuzlab mutaxassislar, jumladan, tibbiyot, o‘t o‘chirish va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishlamoqda. Avtohalokat sabablari hozircha ma’lum emas. Rasmiylar allaqachon YTH sabablarini o‘rganishga kirishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring