Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vladimir Putin rossiyalik sportchilardan uzr so‘radi

Vladimir Putin rossiyalik sportchilardan uzr so‘radi

Putin va Rossiya har doim halol sport tarafdori ekanligini ta’kidladi.

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat o‘z sportchilarini kerakli darajada himoya qila olmagani uchun rasman uzr so‘radi.

Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida bo‘lib o‘tadigan 2018-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlari oldidan Rossiyaning aksariyat sportchilari doping mojarosiga aralashib qoldilar va butun mamlakat sportchilari bu muhim musobaqalardan chetlashtirildilar. Endi dopingga aralashmagan sportchilar ham faqat olimpiada bayrog‘i yoki neytral maqom ostida qatnashishlari mumkin.

«Sizni bunday vaziyatdan himoya qila olmaganimiz uchun kechiring», — dedi Putin va Rossiya har doim halol sport tarafdori ekanligini ta’kidladi.

Prezident shuningdek olimpiada ishtirokchilari omad tilarkan shunday dedi: «Barchangiz butun e’tiboringizni sportga va g‘alabaga qarating. Shuni unutmangki, har qanday holatda ham sizni qo‘llab turgan vataningiz va millionlab muxlislar bor».

5-dekabrda XOQ Rossiya terma jamoasini Olimpiada o‘yinlaridan chetlashtirgan edi. Pxyonchxandagi o‘yinlar 9-25-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring