Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina SSV: «Metroda niqob ham, boshqa vositalar ham yordam bermaydi»

Ukraina SSV: «Metroda niqob ham, boshqa vositalar ham yordam bermaydi»

Foto: «Kmu.gov.ua»

«Korrespondent» xabariga ko‘ra, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Ukrainada jamoat transportlari qattiq nazoratga olinyapti, hatto metroni yopishga qaror qilishdi.

Nega metro yopiladi? Bunga Ukraina bosh sanitar vrachi Viktor Lyashko bugun, 17-mart kuni o‘tkazilgan brifingda izoh berdi.

Metropolitenning yopilishi prinsipial masala.

«Metropoliten nimaligini hammamiz bilamiz, «chas-pik»larda bitta vagonda qancha odam ketishiniyam. Bunaqa holatda na niqob, na boshqa vositalar himoya qila oladi. Agar shu tiqilinchda bitta kasal vagonga kirib qolsa undan ajralgan shilimshiq tomchilar yoki boshqa biologik suyuqliklar boshqa odamga o‘tishi ehtimoli 100 foizga teng», — ta’kidladi Lyashko.

Buning oqibatida o‘zaro kontaktlar shu darajada ko‘payib ketadiki, ularni nazorat qilish juda qiyin bo‘ladi, qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, 17-mart kechki payt Ukraina vazirlar mahkamasi koronavirus keng tarqalishining oldini olish uchun qator cheklov choralarini qabul qildi, bular orasida yo‘lovchilar tashishni cheklash, metropolitenni yopish ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring