Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirlik xorijdagi o‘zbekistonliklarni ishga chaqirmoqda

Vazirlik xorijdagi o‘zbekistonliklarni ishga chaqirmoqda

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Yurtimizda ilk marotaba O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan xorijiy mamlakatlarda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar uchun «Career Bridge» loyihasi doirasida videokonferensiya o‘tkazildi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi onlayn-konferensiyada so‘nggi yillarda sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga tizimida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida taqdimot o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot shaklida tashkil etilgan videokonferensiyada Rossiya, Yaponiya, Turkiya va Latviyadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarining 2000 nafardan ortiq bitiruvchilari ishtirok etdi.

Onlayn-muloqotda vazirlik xorijdagi vatandoshlarimizni oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda ishtirok etishga va vatanimiz ravnaqiga birgalikda hissa qo‘shishga chaqirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring