Vashington va Kiyev o‘rtasida foydali qazilmalar bo‘yicha bitim imzolandi

Vashington va Kiyev Ukrainaning qazilma zaxiralari bo‘yicha bitimni imzoladi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi bayonot berdi.
Kelishuv doirasida Ukrainani tiklash bo‘yicha investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi, deyiladi vazirlik xabarida.
Ukraina bosh vazirining o‘rinbosari Yuliya Sviridenko ham AQSh bilan bitim imzolanganini tasdiqladi.
Uning aytishicha, AQSh bilan kelishuvga ko‘ra, Ukraina hududidagi barcha zaxiralar Kiyev ixtiyorida va nazorati ostida qoladi. Jumladan, «Ukrnafta» va «Energoatom» ham Ukraina mulki hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter