Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Uzbekistan Airways» Dubayga parvozlar sonini oshirmoqda

«Uzbekistan Airways» Dubayga parvozlar sonini oshirmoqda

Foto:«Xabar.uz»/ Farrux Aliyev.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Toshkent-Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini ko‘paytiradi. 19-iyundan boshlab Toshkentdan Dubayga va Dubaydan Toshkentga reyslar seshanba kunidan tashqari haftaning qolgan 6 kunida amalga oshiriladi.

Toshkent - Dubay reysining narxi 2 325 712 so‘mdan, Toshkent - Dubay - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha narxi 3 627 220 so‘mdan boshlanadi.

Avvalroq 15-iyundan boshlab «Uzbekistan Airways» AJ Moskvaning Domodedovo aeroportidan parvozlarni davom ettirishi haqida xabar berilgandi.

«Bizning hamkorligimiz yo‘lovchilarga vaqt va parvoz xarajatlarini sezilarli darajada tejash uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi», — deydi «Uzbekistan Airways»ning Rossiya Federatsiyasidagi mintaqaviy vakili Akmal Jo‘rayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring