Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Utilizatsiya yig‘imi: O‘zbekistonda 27 foiz avtomobilning «yoshi» 20 yildan oshgan

Utilizatsiya yig‘imi: O‘zbekistonda 27 foiz avtomobilning «yoshi» 20 yildan oshgan

Foto: InfoCar

Jadal sanoat taraqqiyoti muqarrar ravishda avtotexnika, avtotransport va boshqa og‘ir texnikadan foydalanish kengayishiga olib keladi, bu esa ekologiyaning buzilishiga, tabiiy resurslar, yoqilg‘i iste’molining ortishi, shuningdek atrof-muhitga halokatli ta’sir ko‘rsatishning kuchayishiga olib keladi.

Yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish ekologik xavfsizlikni, inson salomatligi va atrof-muhitning avtotexnika va transport vositalaridan foydalanishning zararli ta’siridan himoyasini, chiqindilardan ishlab chiqarishda ikkilamchi xom ashyo sifatida maksimal darajada foydalanishni ta’minlash bo‘yicha global va markazlashgan qarorni taqozo qiladi.

Mamlakat avtoparkining yangilanishi va ichki bozorning ekologik standartlarga muvofiq keluvchi sifatli avtotexnika va avtotransport bilan ta’minlanishi ham, ekologiyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Axir, ma’lumki, eskirgan texnika kamroq ekologik toza bo‘lib, tez fursatda to‘liq utilizatsiya qilishni talab etadi.

Yechimlardan biri – ekspluatatsiyadan chiqarilgan texnika (EChT)da mavjud materiallarni qayta ishlatish ushbu tabiiy resurslarning takrorlanmas kamayishi jarayonini sekinlashttirish va eskirgan texnikaning ekologiyaga halokatli ta’sirini kamaytirish imkonini beradi. Aksariyat mamlakatlarda EChT komponentlari va chiqindilaridan ikkilamchi foydalanish tizimi davlat nazoratiga olingan va ushbu mamlakatlar taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari sirasiga kiradi. Bundan tashqari, mamlakat hududiga texnologik eskirgan transport vositalarini olib kirishni muvofiqlashtirish ham avtotexnikaning halokatli ta’sirini kamaytirishga xizmat qiladi.

So‘zsiz, mamlakat ekologiyasiga avtotexnika va transportning halokatli ta’sirini nazorat qilish tizimini shakllantirish va EChT utilizatsiyasini tashkil qilish uchun iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashni talab qiluvchi markazlashgan davlat tizimi ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.

«Ifloslantiruvchi to‘laydi» tamoyiliga muvofiq, jahon hamjamiyati texnika ishlab chiqaruvchisiga EChTdan chiqindilarni utilizatsiya qilish yuzasidan, har bir ishlab chiqarilgan yoki mamlakat hududiga olib kiriladigan avtomobil uchun utilizatsiya yig‘imi ko‘rinishida iqtisodiy javobgarlikni yukladi.

Masalan, Germaniyada (u texnika utilizatsiyasi bo‘yicha yetakchi sanaladi) qariyb yigirma yildan beri «Germaniyada iqtisoiy retsikling to‘g‘risida»gi Federal qonun amal qilmoqda. Ushbu qonun bugungi kunda ko‘plab ekspertlar tomonidan texnika retsiklingi masalalarida namunaviy deb e’tirof etilgan.

Amaliyot ko‘rsatishicha, «ifloslantiruvchi to‘laydi» tamoyili umume’tirof etilgan bo‘lib, mana bir necha o‘n yillardan beri dunyoning barcha texnik rivojlangan mamlakatlarida qo‘llab kelinadi. Bu tamoyil Rossiya hukumati tomonidan ham ma’qullangan bo‘lib, 2014 yilda qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Yaqin qo‘shnilarimizda bunday qonun 2016 yilda, Qozog‘istonda qabul qilingan. Shunday qonunlar dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida tatbiq etilgan. Shu tariqa, EChT utilizatsiyasi zarurati faktining o‘zi bahsga hojat qoldirmaydigan aksioma bo‘lib, dunyoning barcha mamlakatlarida o‘tkazilishi lozim.

O‘zbekistonga kelsak, bugungi kunda respublika avtoparkining 27 foizi «yoshi» 20 yildan katta bo‘lgan avtomobillardan iborat, yaqin fursatlarda ularning foydalanishdan to‘liq chiqarilishi muqarrardir. Bunday avtomobillarni utilizatsiya qilish tizimining mavjud emasligi ekologiya uchun jiddiy muammolarni tug‘dirishi mumkin, chunki «qo‘lbola» usuldagi utilizatsiya ekologiya uchun ancha katta falokat keltiradi. Bunday holatda barcha texnik suyuqlik maxsus idishlarga konservatsiyalanmay va tegishlicha utilizatsiya qilinmay, shunchaki to‘kib tashlanadi. Utilizatsiya qilinuvchi avtomobillarning atrof-muhitni ifloslantiruvchi nometall va zaharli detallari yuzasidan ham shu ahvol.

Ushbu masalaning yechimini avvalambor avtomobildan foydalanishda yuzaga keladigan ekologik muammolarni muvofiqlashtirishga qaratilgan utilizatsiya yig‘imini joriy etishda, shuningdek mahalliy avtoishlab chiqaruvchilarni ekologik toza transport vositalari ishlab chiqarishga rag‘batlantirishda ko‘rish mumkin.

Avtomobil transport vositalarini utilizatsiya qilish sohasidagi munosabatlarni qonunchilik bilan mustahkamlangan mexanizmi foydalanishdan chiqqan transport vositalarini utilizatsiya qilishga davlat xarajatlarini kompensatsiyalash va Davlat budjetini ekologiyani himoyalash uchun qo‘shimcha tushumlar bilan ta’minlash imkonini beradi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasiga texnologik zavmonaviy va ekologik toza transport vositalarini olib kirish uchun sharoit yaratadi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning JST/YeOIIga kelgusida qo‘shilishi ehtimolini inobatga olgan holda, jahon tajribasiga muvofiq bo‘lish zarurati utilizatsiya yig‘imining birlamchi to‘lovi mexanizmini taqozo qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring