Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Umra» safari uchun o‘n ming dollar olganlar ushlandi

«Umra» safari uchun o‘n ming dollar olganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqaro J.R. va boshqalar «I.T.» va «T.A.» MChJ rahbarlarining ishonchiga kirib, ushbu MChJlar tomonidan 50 nafar fuqaroni «Umra» safariga yuborish uchun «Toshkent-Quvayt-Madina» yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni band qilishga yordam berish evaziga oldindan to‘lov sifatida jami 10 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring