Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukraina Rossiya bilan 40 ga yaqin shartnomani bekor qilmoqchi

Ukraina Rossiya bilan 40 ga yaqin shartnomani bekor qilmoqchi

Foto:«AiF»

Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin “1+1” telekanali muxbiri bilan suhbatda  mamlakat shu choqqacha  Rossiya bilan imzolangan 48 ta davlatlararo shartnomani bir tomonlama bekor qilganini aytdi. Rasmiy Kiyev yaqin kelajakda yana qirqta shartnomaga nisbatan shunday yo‘l tutmoqchi. Vazirning aytishicha, bu hali hammasi emas, Rossiya va Ukraina o‘rtasida ilgari imzolangan barcha kelishuvlar  qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. 

Voqelar rivoji ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar uzilishigacha borishi mumkin. Suhbat chog‘ida  Ukraina tashqi siyosat mahkamasi rahbari davlatlararo munosabatlar izdan chiqqanini ta’kidlab, diplomatik aloqalarga  chek qo‘yilishi tarafdori ekanini ham yashirib o‘tirmadi.

Ma’lumki, Ukraina va Rossiya o‘rtasidangi munosabatlar anchadan beri chigal. Ukraina sharqidagi notinchlik, Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi sabab munosabatlariga jiddiy putur yetgandi.  Shu yilning 25 noyabr kuni Kerch bo‘g‘ozida Ukrainaning uchta harbiy kemasi Rossiya tomonidan qo‘lga olinganidan so‘ng  kelishmovchiliklar kuchaygandan kuchaymoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring