Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ueyn Runi «MYu»da o‘ynaganda Ronaldu bilan «Makdonalds»ga borganini tan oldi

Ueyn Runi «MYu»da o‘ynaganda Ronaldu bilan «Makdonalds»ga borganini tan oldi

«Manchester Yunayted» klubi sobiq hujumchisi Ueyn Runi o‘z vaqtida Krishtianu Ronaldu bilan birga «Makdonalds»ga borganini tan oldi. Ular o‘yin oldidan, tunda ovqatlanish uchun muassasaga borishgan.

Runining aytishicha, «MYu»da o‘ynagan vaqtlarda ko‘p vaqtini Ronaldu bilan birga o‘tkazgan. «Bir safar o‘yin oldidan tunda «Makdonalds»ga kirganimiz yodimda. Chunki u bigmak yeyishni istagan edi. O‘sha vaqtlarda Ronaldu juda ozg‘in edi va biroz vazn to‘plashni xohlardi», — deydi futbolchi.

Runi hozirda Krishtianu Ronaldu sport formasini qanday qilib bu qadar ideal holatda ushlab turganidan hayratda ekanini yashirmagan. Ronaldu kuniga olti mahal tamaddi qiladi va jismoniy mashqlarni faol bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 2003 yildan 2009 yilga qadar «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilgan. U klub bilan uch marta Angliya chempioni bo‘lib, bir marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Shuningdek Madridning «Real» klubi safida ikki marta Ispaniya chempioni bo‘lib, to‘rt marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan.

Ronaldu 2018 yildan buyon «Yuventus» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ueyn Runi esa 2004 yildan 2017 yilga qadar «Manchester Yunayted»da o‘ynagan. Ayni vaqtda esa «Derbi Kaunti» sharafini himoya qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring