Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uchtalik kamerali «Nokia 7.2» haqida yangi ma’lumot va surat paydo bo‘ldi

Uchtalik kamerali «Nokia 7.2» haqida yangi ma’lumot va surat paydo bo‘ldi

Foto: «Mobiltelefon.ru»

«HMD» kompaniyasi «IFA 2019»da o‘rta narx toifali bir nechta smartfonini taqdim etmoqchi, uchtalik kamerali «Nokia 7.2» esa bularning «qaymog‘i» sanaladi. Bu haqda «Mobiltelefon.ru» yozmoqda.

Hali taqdimoti o‘tkazilmay turib, uchtalik kamerali «nokiya»ning yangisini «Zeiss» (optikaga ixtisoslashgan nemis kompaniyasi) xodimi oshkor qilib qo‘ygandi. Endi esa yanada ko‘proq ma’lumot beruvchi surat internetda tarqaldi: uchta qo‘sh kamera, barmoq izi skaneri, displeyning frontal kamera ostidagi tomchisimon tirqishi, Android Pie... Hammasi isbotlanyapti.

Suratdagi smartfon Cyan rangida (ko‘k-yashil). Boshqa bir manbalar qurilma qora (Charcoal Black), ko‘k (Ice Blue) va yashil (Forest Green) ranglarda taqdim etilishini bildirmoqda. «Nokia 7.2» taxminan 250—280 dollardan sotilishi kutilmoqda. Shu pulni to‘lagan xaridor 6,3 dyuymli Full HD+ displey, Snapdragon 660 protsessori, 48 megapikselli asosiy kamera, 3500 mAs.lik akkumulyatorga ega smartfonli bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring