Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya AQSh sanksiyalariga javob qaytaradi

Turkiya AQSh sanksiyalariga javob qaytaradi

Anqara Vashingtonning ikki turk mansabdoriga nisbatan joriy qilgan sanksiyalarini javobsiz qoldirmaydi. Bu haqda Turkiya TIV e’lon qildi, deya xabar qilmoqda «Lenta.ru».

«Biz Amerika hukumatini ushbu xato harakatdan voz kechishga chaqiramiz»,- deya ta’kidlagan TIV.

Mamlakat Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘glu o‘zining «Tvitter»ida «AQSh ma’muriyati bunday usullar bilan noqonuniy talablarini qondirishga erisha olmasligini anglamas ekan, biz umumiy muammolarni hal qila olmaymiz»,-deb yozgan.

AQSh amerikalik ruhoniy Endryu Bransonning qamoqqa olinishiga aralashuv sabab 1 avgustdan Turkiyaning adliya va ichki ishlar vazirlari Abdulxamid Gul va Suleyman Soyluga nisbatan cheklov choralarini joriy etgan. U 2016 yilning oktyabrida davlat to‘ntarishini tashkil etishda ishtirok etgan deb hisoblanuvchi «FETÖ» tashkilotiga yordam berganlikda ayblangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring