Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turizmga «eng qaram» shahar aniqlandi

Turizmga «eng qaram» shahar aniqlandi

Foto:traveltreasure.no

Meksikaning Kankun shahri — turizmga «eng qaram» shahar. Shahar yalpi ichki mahsulotining 49,6 foizini sayyohlardan ishlaydi. Bu haqda Jahon turizm va sayohatlar kengashi  (WTTC) ma’lum qildi.

E’tiborli jihat: meksikaliklarning mashhur bu kurorti 1972-yilgacha oddiy baliqchilar qishlog‘i bo‘lgan. Hozir unga asosan AQSh dan (63 foiz) sayyohlar kelishadi.

Ikkkinchi o‘rinda — Marokashning Marrakesh shahri. Turizm shahar g‘aznasining 30,2 foizini ko‘tarmoqda. Sayyohlar asosan fransuzlar.

Makao (Xitoy) yetakchi uchlikda — YaIMning 29,3 foizini sayyohlar keltirmoqda.

To‘rtinchi o‘rinda Orlando (AQSh, YaIMning 18,7 foizi), Antalya (Turkiya, YaIMning 17,6 foizi) beshinchi pog‘onada.

Taqdiri turizmga bevosita bog‘liq shaharlar o‘nligiga Venetsiya, Las-Vegas, Bangkok, Dubay va Dubrovnik ham kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring