Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Grenlandiyani sotib olmoqchi

Tramp Grenlandiyani sotib olmoqchi

Foto: «Newshub»

AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani sotib olish to‘g‘risida bosh qotiryapti, deb yozmoqda «Wall Street Journal».

Oq uydagi manbaga ko‘ra, Tramp bir necha marta maslahatchilaridan Qo‘shma Shtatlarning Grenlandiyani sotib olish bo‘yicha fikrlarini so‘ragan va u orol zaxiralari hamda uning geosiyosiy ahamiyati to‘g‘risidagi muzokaralarni katta qiziqish bilan tinglagan.

Ta’kidlanishicha, bu orolni xarid qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad Amerika harbiy kuchlarining Arktikada hozir bo‘lish imkoniyatini kengaytirishdan iborat.

Foto: «The Sun»

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda dunyodagi eng katta bu orol Daniyaga tegishli.

Sal oldinroq AQSh qirg‘oq mudofaasi boshlig‘i o‘rinbosari vitse-admiral Deniel Abel Qo‘shma Shtatlarga Arktika hududida Rossiya bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishi uchun oltita yangi muzyorar kerakligini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring