To‘yxona hovlisidagi pichoqvozlik
2019 yil 23 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumani Nurmuhammedov ko‘chasida yashovchi I.Q. mast holda O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan to‘yxona hovlisida o‘zaro janjal tufayli mast holda bo‘lgan qo‘shnisi I.S.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.
Natijada I.S. kasalxonaga yotqizilib, I.Q.qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter