Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Qashqadaryoga koronavirus tarqaldi

Toshkentdan Qashqadaryoga koronavirus tarqaldi

Foto: Xabar.uz

5-iyun kuni yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 68 nafar bemorning 42 nafari karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 17 nafari aholi orasida, 9 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Qashqadaryo viloyatida yangi kasallanish holati qayd etildi (ancha vaqtdan buyon koronavirusdan xoli bo‘lib turgan ushbu viloyatda Toshkent shahridagi «O‘rikzor» bozorida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan xodim va u bilan yaqin muloqotda bo‘lgan 3 nafar oila a’zosida kasallik chiqqan). Andijon viloyatida esa 1 nafar bemor qoldi.

5 iyun kuni 160 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 140 nafari Toshkent shahridagi, 14 nafari Navoiy viloyatidagi, 4 nafari Samarqand viloyatidagi ham 2 nafari Andijon viloyatidagi tibbiyot muassasalarida sog‘ayib chiqishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4007 nafar bemordan 3247 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 81 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 744 nafar bemordan 12 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Shu kungacha jami 433 114 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 383 981 nafari karantindan chiqarilgan.

Hozirda uy karantinida 26 687 nafar, statsionar karantinda esa 22 446 nafar fuqaro bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring