Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yil yakuniga qadar ko‘p qavatli uy-joylarda eskirgan liftlar yangilanadi

Toshkentda yil yakuniga qadar ko‘p qavatli uy-joylarda eskirgan liftlar yangilanadi

Toshkent shahrida yil yakuniga qadar ko‘p qavatli turarjoylarda eskirgan liftlar yangilanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Aholining turmush darajasini yaxshilash, ularga yanada qulayliklar yaratish davlat siyosati darajasidadir. Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtdagi turar-joy ob’yektlaridagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Xususan, joriy yilda ko‘p qavatli uy-joylarga zamonaviy liftlarni o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.

Lift uskunalarini ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan ko‘p qavatli uy-joy fondiga lift uskunalarini tarmoq jadvali asosida belgilangan muddatlarda yetkazib berish, mazkur ishlarni moliyalashtirish uchun Toshkent shahar mahalliy budjetidan 23 884,4 mln.so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning sentyabr oyiga qadar Toshkent shahridagi 132 ta eskirgan liftlar “Tashaffus” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi zamonaviy liftlarga almashtiriladi.

Mazkur ishlarni amalga oishirish 1 aprel kunidan boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring