Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda sodir bo‘lgan yong‘inda ikki kishi halok bo‘lgan, jabrlanganlar ham bor

Toshkentda sodir bo‘lgan yong‘inda ikki kishi halok bo‘lgan, jabrlanganlar ham bor

Bugun, 1-may kuni soat 07:01 da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Qo‘shbegi ko‘chasida joylashgan Yakkasaroy kichik sanoat zonasi hududidagi Sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi.

FVBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 07:04 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in 07:45 da o‘rab olingan va soat 08:09 da o‘chirilgan.

Yong‘in bartaraf etilgandan so‘ng, yong‘in joyini o‘rganish davomida ikki nafar fuqaroning jasadlari aniqlangan. Shuningdek, 5 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan.

Yong‘in ishlab chiqarishda texnologik jarayonni buzilishi natijasida yuzaga kelganligi taxmin qilinmoqda.

Yong‘inni bartaraf etishga 11 ta asosiy, 6 ta maxsus turdagi yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan.

Yong‘in natijasida sexning taxminan 700 kv.m maydonda tomi, shifti va mahsulotlari yonib zararlangan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Voqea joyiga FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB boshlig‘i va tuman FVB rahbar xodimlari IIB, SSB, prokuratura mas’ul xodimlari chiqishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring