Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda selfi tushmoqchi bo‘lgan kollej o‘quvchisi tok urishidan halok bo‘ldi

Toshkentda selfi tushmoqchi bo‘lgan kollej o‘quvchisi tok urishidan halok bo‘ldi

Foto: «Gagauz.md»

Toshkentda poyezd vagonida selfi qilmoqchi bo‘lgan ikki o‘smirning biri tok urishi natijasida halok bo‘ldi, deb xabar berdi «Daryo». 

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» tomonidan o‘tkazilgan «Temir yo‘llarda xavfsiz kun» targ‘ibot tadbirida mayor Davron Ashurov aytib o‘tgan.

«Voyaga yetmagan 2 nafar kollej o‘quvchisi selfi qilish uchun «Hamza» temir yo‘l bekatida bo‘sh turgan bug‘doy ortuvchi vagon ustiga chiqqanlarida tok urishi natijasida ularning biri vafot etdi. Ikkinchisi esa og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Yana bir holatda, harakatlanayotgan poyezdni ko‘ra turib, yo‘ldan o‘tishga uringan fuqaroni poyezd urib ketgan. Fuqaro olgan tan jarohatlari natijasida vafot etdi», — deydi Davron Ashurov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, poyezdlarning harakatlanishi uchun 27 ming volt kuchlanishdagi elektr simlari o‘rnatilgan. Mazkur yuqori kuchlanishdagi elektr toki 40—50 santimetrdan ta’sir kuchiga ega. Shuning uchun, aholidan ehtiyotkor bo‘lishlari, o‘zlari va atrofdagilarning hayotiga xavf tug‘diruvchi harakatlarni qilmasliklari so‘ralgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring