Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ijara, vatan mavzusi: Toshkentda o‘ziga xos adabiy chellenj boshlandi (foto)

Ijara, vatan mavzusi: Toshkentda o‘ziga xos adabiy chellenj boshlandi (foto)

Toshkent ko‘chalarida bir guruh ijodkorlarning ijod namunalari paydo bo‘ldi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida xabarlar tarqaldi.

«Xalq adabiyotdan yiroq degan postlarni o‘qib qolamiz. Xalqni adabiyotga yaqinlashtirish uchun aslida nima qildik»,—deya yozadi ushbu ish tashkilotchilari. 

Ijara va sotuv bo‘yicha xabarlar yopishtiriladigan joylarga ilingan misralar ichida aynan shu mavzuga oidlari ham bor. Bu kuzatuvchilarni bee’tibor qoldirmasligi aniq.

 

«Adabiyotni targ‘ibot qilish maqsadida Toshkentning ko‘p manzillariga yosh ijodkorlarning 200 ga yaqin she’riy misralarini ilib chiqdik. Bizning qo‘limizdan shu keldi, xolos! Siz-chi? Siz nimaga qodirsiz?! Islohotni o‘zimizdan boshlaylik, zamondosh!»,—deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring