Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda o‘tgan oyda ijara narxlari pasaydi

Toshkentda o‘tgan oyda ijara narxlari pasaydi

Foto: «Xabar.uz»

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2023 yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida uy-joy uchun ijara narxlarini tahlil qildi.

2023 yilning oktyabr oyida poytaxtda barcha turdagi xonadonlar uchun taklif etilayotgan ijara narxlari o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan arzonlashgan.

  1. O‘rtacha ta’mirlagan xonadonlar uchun ijara narxlari 6-14 foizgacha pasaygan.

Bir xonali xonadon uchun o‘rtacha ijara narxi 370 dollardan 348 dollarga (-5.9 foizga) tushgan bo‘lsa, ikki xonali xonadonlar uchun 474 dollardan 437 dollarga (-7.8 foiz), uch xonali xonadonlar uchun 611 dollardan 526 dollarga (-13.9 foiz), to‘rt xonali xonadonlar uchun 729 dollardan 633 dollarga (-13.2 foiz) arzonlashgan.

  1. To‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun taklif etilayotgan ijara narxlari 6-16 foizgacha arzonlashgan.

Xususan, ushbu turdagi bir xonali xonadon uchun o‘rtacha ijara narxi 557 dollardan 508 dollarga (-8.8 foizga), ikki xonali xonadonlar 695 dollardan 651dollarga (-6.3 foiz), uch xonali xonadonlar 867 dollardan 790 dollarga (-8.9 foiz), to‘rt xonali xonadonlar 1102 dollardan 930 dollarga (-15.6 foiz) tushgan.

2022 yilda Toshkent shahriga relokantlar oqimining ko‘payishi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan talabalar tomonidan ijaraga bo‘lgan talabning oshishi natijasida o‘tgan yilning sentyabr-oktyabr oylarida ijara narxlari sezilarli darajada oshib ketgan edi. 

Ijara narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) usulida to‘plangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring