Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ot o‘g‘rilari ushlandi

Toshkentda ot o‘g‘rilari ushlandi

Joriy yilning 28-noyabr kuni, noma’lum shaxslar, 18 yoshli Faxriddin G‘.ga tegishli jami 28.000.000 so‘mlik 2 ta otni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringanlar. Bu haqda Toshkent shahri, Yangihayot tumani IIO FMBga xabar kelib tushgan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 34 yoshli Shuxrat X. va 22 yoshli Xolmurod S.lar aniqlanib, qo‘lga olingan. Otlar egasiga qaytarilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi tanlangan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring