Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda niqobli bosqinchilar sotuvchini urib, dorixonani o‘mardi

Toshkentda niqobli bosqinchilar sotuvchini urib, dorixonani o‘mardi

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

21-noyabr, payshanba kuni soat 01:10 atrofida 26 yoshli N.M., 25 yoshli I.X. va 23 yoshli N.I. yuzlarini tibbiyot niqobi bilan berkitgan holda Chilonzor tumani, 18-mavzedagi MChJga qarashli dorixonaga kirib, sotuvchi X.M.ning yuziga urib, sumka ichidagi 16 500 000 so‘m va kassadagi 1 500 000 so‘mni qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida I.X. jinoiy sheriklari bilan birga ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida I.X., N.M. va N.I.ga nisbatan JKning 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring