Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarga yordam berish markazi ochildi

Toshkentda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarga yordam berish markazi ochildi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining reabilitatsiya va moslashtirish respublika markazi va (markazning) Toshkent shahar bo‘linmasi ochildi.

Markazning asosiy faoliyat maqsadi xotin-qizlarni oilada, maishiy hayotda, ishda, ta’lim muassasalarida va boshqa joylarda jabr ko‘rgan ayollarga tibbiy, ruhiy, ijtimoiy, huquqiy yordam ko‘rsatishdir. Shuningdek, zo‘rlik ishlatishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan ishlash, ota-onalarning o‘z farzandlariga nisbatan maishiy zo‘rlik ishlatish va ularning asotsial xulq-atvorini aniqlash, oilada zo‘rlik ishlatish tazyiqiga uchragan bolalarni reabilitatsiyasini tashkil etish, maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish va bartaraf etish sohasida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish kabi vazifalar ham Markaz faoliyatining qirralari hisoblanadi.

Hozirgi kunda respublikamiz bo‘yicha 191 ta markaz o‘z faoliyatini olib bormoqda, shundan 167 ta markaz hududiy adliya boshqarmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Joriy yilning 7 oyi davomida markazlarga umumiy 11 890 nafar xotin-qizlar murojaat qilgan, shundan 1624 nafariga - tibbiy yordam, 2998 nafariga - psixologik yordam, 2222 nafariga - huquqiy yordam, bandligini ta’minlashga ko‘maklashilganlar soni 1372 nafar, kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatilganlar soni 1077 nafar, yarashtirilgan oilalar soni 2597 nafarni tashkil etdi.

Markaz ramzi haqida ikki og‘iz so‘z. Ya’ni ramzdagi och havo rangda doira (aylana) shakliga ega bo‘lib, och havo rang – jabr ko‘rgan ayollar hayotini tinch va osuda bo‘lishini ta’minlashni izohlaydi. Ushbu ramziy belgini ifoda etuvchi oq tasma – ayollarga nisbatan barcha turdagi zo‘ravonliklarga qarshi kurash, onalikni muhofaza qilish va boshqa holatlarda ham himoya belgisi hisoblanadi. 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring