Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda fuqaro ichki ishlar xodimining burniga zarba berib, jarohatladi

Toshkentda fuqaro ichki ishlar xodimining burniga zarba berib, jarohatladi

Internet tarmog‘ida fuqarolar va ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokidagi holat videosi tarqaldi. IIBB hodisa yuzasidan quyidagicha ma’lumot bergan:

«28-avgust kuni Yangihayot tumani IIO FMB patrul-post xizmati xodimlari Hikmatilla I. va Farxodjon X.lar Yangihayot tumanida tungi vaqtdagi piyoda patrullash davomida hatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgan ikki nafar fuqaro – 27 yoshli Tursunboy N. va 30 yoshli Ulug‘bek G.larni ko‘rib qolishgan.

Xodimlar fuqarolarning yoniga kelib, o‘zlarini tanishtirgach, jamoat joyida niqobsiz yurish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishi haqida ogohlantirishdi. So‘ng fuqarolarning shaxslarini aniqlash maqsadida ular tuman IIO FMB ichki ishlar bo‘limiga taklif qilindilar. Ammo yigitlar bu iltimosga javoban qo‘pol tarzda qarshilik ko‘rsatib, xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlar. Tursunboy boshi bilan safdor Hikmatilla I.ning burun qismiga zarba berib, unga badan shikasti yetkazgan. Tursunboy va Ulug‘bekning voqea joyiga yetib kelgan patrul-post xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olinish jarayoni videoga tushib qolgan. Huquqbuzarlar IIBga, jabrlanuvchi esa – tibbiyot muassasiga yetkazildi».

Mazkur fakt bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Yangihayot tumani prokuraturasiga yo‘naltirilgan.

Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Tursunboy N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi («Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom yetmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring