Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatidagi futbol akademiyasi murabbiyi ishdan chetlatildi

Toshkent viloyatidagi futbol akademiyasi murabbiyi ishdan chetlatildi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi o‘z vakolatidan nopok yo‘lda foydalanishga uringan mutaxassislar uchrayotganini qayd etdi.

Jumladan, shu paytga qadar Toshkent viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasida murabbiy sifatida faoliyat olib borgan B.Saginbayev qabul imtihonlari paytida iqtidorli o‘yinchilarni saralash jarayonida o‘z mehnat vakolatlaridan foydalanishga harakat qilib, bu orqali esa adolatli tanlov o‘tkazish jarayoniga to‘sqinlik qilishga uringani ma’lum bo‘lgan.

Shu sababli B.Saginbayev futbol akademiyasi murabbiyligidan chetlatilib, akademiya direktori Albert Ahmadgaleyevga hayfsan berildi.

O‘FA futbol sohasida faoliyat olib borayotgan barchani tartib-intizom va halollik qoidalariga rioya qilgan holda ishlashga chaqiradi. Agar shunga o‘xshash holatlar kuzatilsa, keskin jazo choralari ko‘riladi, deyiladi assotsiatsiya matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring