Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, «Neksiya» bilan zovurga tushib ketdi

Toshkent viloyatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, «Neksiya» bilan zovurga tushib ketdi

Kecha, 22-mart kuni Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida yashovchi D.T. o‘z boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinani «Yangibozor-Istiqlol» yo‘lida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi zovurga ag‘darilib ketgan.

Natijada avtomashina yo‘lovchisi S.A. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Haydovchi hamda yana 2 nafar yo‘lovchi — E.G. va A.N.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring