Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyati SEOM bosh vrachi xodimlarni buralab so‘kdi

Toshkent viloyati SEOM bosh vrachi xodimlarni buralab so‘kdi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Tibbiyot xodimlarining haqorat qilinishi bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi lavozimida ishlayotgan Baxtiyor Boltaboyevning o‘z xizmat xonasida qo‘l ostidagi xodimlari bilan o‘ta qo‘pol va hech qanday axloqiy me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan tarzdagi suhbati keng muhokama qilinmoqda.

Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi, SEOM tizimida mehnat qilayotgan ko‘p ming sonli tibbiyot sohasi xodimlari, viloyat jamoatchiligi bu holatdan nihoyatda mutaassir bo‘ldik.

Mazkur videoyozuvdagi voqelik – rahbar, tibbiyot sohasi vakili uchun sharmandali hol. Har qanaqasiga olganda ham o‘z xodimlariga bunday muomala ko‘rsatayotgan rahbarni umuman oqlab, tushunib bo‘lmaydi, deyiladi munosabatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring